Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Turkiy xalqlar adabiyoti” kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko‘ra, professor Elman Guliyevning “Turkiy xalqlar adabiyoti” kitobi O‘zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr etildi.

Nashrning Ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga tarjimoni Shohista Kamronli, taqrizchilar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek Tili va Adabiyoti Universiteti rektori, professor Shuhrat Sirajaddinov va dotsent Gulbahor Ashurovalardir.

Kitob "So‘zboshi"si muallifi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov, jahon madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynagan turkiy xalqlar haqli ravishda o‘zlarining boy madaniyati bilan hamisha faxrlanishini, ming yillar davomida, bizning davrimizgacha yetib kelgan turkiylarning ayni chog‘da xilma-xil adabiyoti jahon adabiy-badiiy tafakkurining yangi yo‘nalishini belgilab berganini ta'kidladi. Professor Elman Quliyevning turk xalqlari adabiyotining ham qadim zamonlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan bosqichlarini o‘rganish, tahlil qilish va targ‘ib qilishni o‘z ichiga olgan “Turk xalqlari adabiyoti” kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilib,Turk dunyosining buyuk beshigi bo‘lgan O‘zbekistonda nashr etilishidan asosiy maqsad ham, turkiy xalqlar adabiyotini O‘zbekistonda keng targ‘ib qilishni amalga oshirish, hamda olimning turkologik tadqiqotlari bilan o‘zbek ilmiy jamoatchiligini tanishtirishdir.

Muallifning “Turkiy xalqlar adabiyoti” kitobida turli turkiy xalqlar adabiyotining ko‘plab adabiyotshunoslari hayoti va ijodi turli bosqichlarda keng o‘rganilgan va tahlil etilgan.

Nashrda so‘z yuritilgan mazkur loyiha, turkiy xalqlar madaniyati va adabiyotini o‘rganish va targ‘ib qilishda, jumladan, ularning adabiy-madaniy aloqalarini kengaytirishda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildiradi.

Qayd etish kerakki, turkiy xalqlar adabiyoti bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan olim Elman Guliyev Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti Adabiyot kafedrasi professori, “Turk xonasi” va "Turkshunoslik"ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiridir.

O‘zbek tiliga tarjima qilingan “Turkiy xalqlar adabiyoti” kitobining taqdimoti yil davomida Toshkent va Boku shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

22.08.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint