Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Do‘stlik jamiyati bilan Ozarbayjon-O‘zbekiston tashkilotlari hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik Jamiyati Ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov bilan uchrashdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezident Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng hamkorlik bo‘yicha ochilgan yangi imkoniyatlar, O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti rahbariyatining Ozarbayjonga tashrifi va Ozarbayjonning tegishli universitetlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Ozarbayjon kinosi kunlari va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan Boku Xalqaro Kitob Yarmarkasida ishtirok etish, ushbu tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, ikki mamlakat o‘rtasida tarixiy do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Erkin Nuriddinov Samir Abbasovga ko‘p yillik izlanishlari natijasi bo‘lgan, Ozarbayjon-O‘zbekiston tarixiy do‘stligi va hamkorligiga bag‘ishlangan monografiyaning dastlabki versiyasini taqdim etdi va monografiyada aks etadigan mavzular bo‘yicha fikr almashildi. Monografiya bu yil O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida nashr etiladi.

Uchrashuvda Samir Abbasov Buxoroda dafn etilgan mashhur Ozarbayjon mutafakkiri Yusif Qorabog‘iyning xotirasini abadiylashtirish va shu maqsadda Ozarbayjon Madaniyat Markazining O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati bilan birgalikda tashabbus ko‘rsatishi va tegishli tuzilmalar bilan ishlash to‘g‘risidagi taklif bilan chiqdi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Yusif Qorabog‘iy o‘z ilmi va adabiy faoliyati bilan O‘rta Osiyoda, hozirgi O‘zbekiston hududida mashhur bo‘lgan, o‘z davrining obro‘li ilm-fan va din arbobi edi.

25.08.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint