Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda Umummilliy Lider Haydar Aliyevning 100 yilligiga bagʻishlangan konsert tashkil etildi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Oʻzbekistonning “Soʻgʻdiyona” xalq cholgʻulari kamer orkestri ishtirokida Umummilliy Lider Haydar Aliyevning 100 yilligiga bagʻishlangan Ozarbayjon bastakorlarining asarlari asosida “Doʻstlik” konserti boʻlib oʻtdi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov konsertning ochilish marosimida soʻzga chiqib, Ozarbayjon xalqining milliy yetakchisi Haydar Aliyevning shaxsiyati Oʻzbekistonda juda sevilishi va uning merosi keng oʻrganilganligini taʼkidladi. Samir Abbasov buyuk yoʻlboshchi Haydar Aliyev rahbarligida Ozarbayjon Oʻzbekiston va turkiy davlatlar bilan munosabatlarga doimo alohida ahamiyat bergani, Sovet Ittifoq davrida Haydar Aliyev va Oʻzbekiston rahbari Sharif Rashidov oʻrtasida oʻrnatilgan yaqin doʻstlik oʻzbek hamda ozarbayjon xalqlarining abadiy qardoshligi namunasi ekaniga urgʻu qaratdi.

Diplomat Haydar Aliyevning Ozarbayjon ila Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning oʻrnatilishi, oʻzaro elchixonalar ochish va hamkorlikni rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlarini qayd etdi. U qardosh O'zbekiston davlati buyuk yoʻlboshchi Haydar Aliyevning shaxsiga katta hurmat bilan qarashi, uning nomi Toshkentda ozarbayjonlarning ixcham qarorgohi hududida tashkil etilgan koʻcha va Ozarbayjon madaniyat markaziga berilganligi, Mirobod tumanida uning sharafiga goʻzal bogʻ maydoni barpo etilib, byust oʻrnatilganini eʼtirof etdi.

Samir Abbasovning 2023-yil Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan Haydar Aliyev yili deb eʼlon qilingani va shu munosabat bilan Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida yil davomida buyuk rahbarga bagʻishlangan koʻplab tadbirlar, loyihalar rejalashtirilganini bildirdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan O'zbekiston Madaniyat va turizm vazirining maslahatchisi Shavkat Ortiqov xalqlarimiz va davlatlarimiz oʻrtasidagi tarixiy doʻstlik va qardoshlik aloqalari haqida gapirar ekan, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda Boku shahrida Prezident Ilhom Aliyev bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvidagi fikrlaridan iqtiboslar keltirdi. Oʻzbeklar doim Ozarbayjon xalqining ulugʻ farzandi Haydar Aliyev bilan doimo faxrlanishgan. Oʻzbekistonda odamlar Haydar Aliyevni doimo eslashib, hurmat bilan tilga olishadi. Uning bugungi kunda yashayotgan hamkasblarining aytishicha, Haydar Aliyev Oʻzbekiston haqida doimo hurmat bilan gapirgan, mamlakatimizni har doim qoʻllab-quvvatlagan.

Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik Jamiyatining masʼul kotibi, professor Erkin Nuriddinov oʻz nutqida ikki xalq oʻrtasidagi mavjud doʻstlik, qardoshlik aloqalari haqida toʻxtalib, doʻstona tadbirlar, konsertlar har ikki xalqni bir-biriga yaqinlashtirayotganini, umumiy madaniy oʻzak mavjud ekanini qayd etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, professor Feruza Abdurahimova rahbarligidagi Oʻzbekistonning “Soʻgʻdiyona” xalq cholgʻulari kamer orkestri tomonidan Ozarbayjon bastakorlari Uzeyir Hojibekov, Emin Sobitoʻgʻli, Alakbar Tagiyev asarlari ijro etildi. Solistlar, xalqaro tanlov laureatlari Sardor Primov, Otabek Nazirov, Laziza Usmonova, Muhammadali Qosimovlarning chiqishlari tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Konsertda koʻplab madaniyat, sanʼat namoyandalari, davlat xodimlari, oliy oʻquv yurtlari rahbarlari, ziyolilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

06.03.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint