Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda Umumilliy Lider Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga
bagʻishlangan katta konsert boʻlib oʻtdi.


Toshkentta Umumilliy Lider tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan poytaxtdagi “Turkiston” konsert saroyida katta konsert tashkil etildi.

Konsertda Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, Oʻzbekistonning madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oʻzbekiston Respublikası Millatlararo Munosabatlər va Doʻstlik Aloqalari Qoʻmitasi raisi Rustam Qurbonov, deputatlar, elchilar, ilm, madaniyat va sanʼat xodimlari, ozarbayjon diasporasi aʼzolari, jamoat vakillari ishtirok etdi.

Vazir Ozodbek Nazarbekov Umummilliy Lider Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati haqida toʻxtalib, u oʻzbek xalqining yaqin doʻsti boʻlgani, Oʻzbekiston bilan hamkorligi haqida gapirib, Umummilliy Liderning mamlakatga tashriglarini xotirlab, shuningdek, Moskvada ishlagan davridan Oʻzbekistonga nisbatan alohida munosabat koʻrsatganini taʼkidladi. Bugungi kunda ham qardosh davlatlar oʻrtasidagi yaqin aloqalar haqida soʻz yuritgan Ozodbek Nazarbekov Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstlik aloqalarining mustahkamlanishida Umummilliy Liderning tarixiy xizmatlari haqida gapirdi.

Soʻngra, elchi Husayn Guliyev Umummilliy lider Haydar Aliyevning sharafli hayoti, uning Ozarbayjon tarixidagi beqiyos xizmatlari haqida maʼlumot berdi. U Umummilliy liderning sobiq Ittifoq davrida ham, mustaqillik yillarida ham respublikamiz rahbari sifatida erishgan yutuqlari haqida soʻzladi. Elchi Umummilliy liderni dunyoga mashhur siyosiy arbob, katta obroʻga ega davlat arbobi sifatida taʼrifladi. Uning fikriga koʻrsa, mustaqil Ozarbayjon davlati va davlatchiligi mustahkamlanishida Umummilliy lider Haydar Aliyevning saʼy-harakatlari ulkanditr. Elchi Haydar Aliyevning siyosiy merosini bugungi kunda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev katta muvaffaqiyat bilan davom ettirayotganini taʼkidladi.

Dunyoga mashhur maestro Alibek Kabdurahmanov dirijorligida Oʻzbekiston Davlat Simfonik Orkestri ishtirokidagi katta konsert buyuk Ozarbayjon bastakori Uzeyir Hojibekovning “Koʻroʻgli” operasidan uvertura bilan boshlanib, dastur davomida ozarbayjon va oʻzbek bastakorlarining asarlari taqdim etildi. Konsertda Oʻzbekiston xalq artistlari Mansur Toshmatov, Jenisbek Piyazov, xizmat koʻrsatgan artistlar va xalqaro mukofot laureatlari Ilyos Arabov, Feruza Ochilova, Zuhra Tursinboyeva, Umid Isroilov, Rustam Alimardonov, Damir Rahmonov va bosh sanʼatkorlar chiqishlari tomoshabinlar hukmiga havola qilindi.

Anshlag tarzda kechgan konsertda “Arshin mol olan” musiqali komediyasidan Gulchehra ariyasi, “Koʻchalarga suv sepmisham” Ozarbayjon xalq qoʻshigʻi, Qora Qorayev, Muslim Magomayev, Tofiq Guliyev, Andrey Babayev, shuningdek, boshqa ozarbayjon va oʻzbek bastakorlarining asarlari ijro etildi.

12.05.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint