Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda 28 may – Mustaqillik kuni munosabati bilan
rasmiy qabul, bayram tadbiri oʻtkazildi.


Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasi va uning tasarrufidagi Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi hamkorligida 28 may ‒ Mustaqillik kuni munosabati bilan “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida rasmiy qabul, bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev, Ozarbayjon Respublikası Diaspora bilan ishlash Davlat Qoʻmitasi raisi Fuad Muradov, davlat va hukumat namoyandalari, koʻplab elchilar, xalqaro tashkilot vakillari, ilm, madaniyat va sanʼat xodimlari, yurtdoshlarimiz, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Tadbirda avvalo, “Ozod va obod Ozarbayjon” nomli foto koʻrgazmasi namoyish etildi. Koʻrgazmadan mustaqil Ozarbayjon yutuqlari, Umummilliy Lider Haydar Aliyev va yurtimizning turizm imkoniyatlariga doir fotosuratlar joy olgan.

Har ikki mamlakat madhiyalari ijro etilgach, Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchisi Husayn Guliyev soʻzga chiqib, Ozarbayjon demokratik Respublikasi tarixi, qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi. Uning soʻzlashicha, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi ogʻir ijtimoiy-siyosiy sharoitda Yevropa va Amerikaning 20 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgani, qisqa vaqt ichida xalqimiz tarixida oʻchmas iz qoldirgan. Elchi Respublika davrida Ozarbayjon bayrogʻi, madhiyasi qabul qilingani, ilk parlament va hukumat, davlat apparati tashkil etilib, Ozarbayjon tili davlat tili sifatida deb eʼlon qilinganini qayd etdi.

Husayn Guliyev 1991-yilda mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, oʻzini 1918-yilda tashkil etilgan Ozarbayjon Xalq Respublikasining vorisi deb eʼlon qilganini aytdi. U mustaqil Ozarbayjonning yutuqlari, Prezident Ilhom Aliyev rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirdi. Diplomat Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning alohida xizmatlari tufayli mamlakatimiz oʻz mustaqilligini saqlab qolib, rivojlantirganiga urgʻu qaratdi.

Elchi Husayn Guliyev Haydar Aliyevning siyosiy yoʻnalishini davom ettirgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan olib borilgan islohotlar oʻzining samarasini bergani va 44 kunlik Vatan muhorabasida gʻalaba Ozarbayjonning qariyb 30 yil ishgʻol etilgan yerlari shonli armiyamiz tomonidan ozod etilganini taʼkidladi. U Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar yuksak darajada ekanini faxr bilan qayd etib, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlagani uchun Oʻzbekiston rahbariyatiga oʻzining minnatdorligini bildirdi.

Shundan soʻng chiqish qilgan Ozarbayjon Respublikası Diaspora bilan ishlash Davlat Qoʻmitasi raisi Fuad Muradov Oʻzbekiston Ozarbayon uchun doʻst-qardosh oʻlka sifatida tavsiflab, mintaqada hamda xalqaro hamjamiyatda doimo davlatlarimiz bir-birini yaqindan qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi. U davlatlarimiz rahbarlarining saʼya-harakatlari natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga yetganiga eʼtibor qaratdi.

Fuad Muradov Oʻzbekistonda qirq mingdan ziyod yurtdoshlarimiz qardosh oʻlkada farovon hayot kechirib, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotganini bildirdi.

Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazining raqs ansambli “Ozarbayjon suitasıni” ijro etib, Oʻzbekiston xalq artisti, taniqli sanʼatkor Farrux Zokirov ozarbayjon va oʻzbek tillarida qoʻshiqlar kuyladi.

Yakunda mehmonlar bayram dasturxoniga taklif etilib, Ozarbayjon milliy oshxonasi taomlari tortildi.

26.05.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint